Site Loader

Aqlbek

Barcha superqahramonlarning yetakchisi bo’lgani kabi, bizning yetakchi superqahramonimiz Aqlbek hisoblanadi.
Aqlbek tabiatdan o’ziga e’tiborli, juda ham zexnli, o’z ishining ustasi hisoblanadi. Har qanday vaziyatda ham o’z jamoasi bilan birga ularni qo’llab-quvvatlagan holda maqsadlariga erishishga yordam berguvchi personaj.
Aqlbek chet tili, umuman har qanday jonzot tilini tezda o’rganib olish qobiliyatiga ega.
Maktab bolasi doim a’lochilar safida bo’lgisi kelardi, ularni tartibga chaqirishga undar edi. Aqlbek doim har qanday vaziyatdan to’g’ri va adolatli yo’l bilan chiqib ketish harakatida bo’lardi.
Bir kuni unga futbol o’yinida jamoa kapitani bo’lishni taklif qilishdi, afsuski jamoaning g’alabasiga hech qanday umid yo’q, ammo uning liderlik qobiliyatlari tufayli maktablar orasidagi chempionatda g’olib bo’lish nasib qildi. Aynan shu kundan boshlab u o’zini yetakchi ekanini, jamoasiz hech kim ekanini tushunib yetdi, va superqobiliyatga ega jamoa yig’ishni maqsad qilib oldi.
Xuddi siz ham tilni bilmasdan tug’ilib, uni keyin atrofdagilardan o’rganishingiz kabi har qanday tilning ham ildizlar va ularning ishlash algoritmlari bo’ladi. Aqlbek uchun o’sha ildizlar xuddi uning qo’lidagi smartfon kabidir. Har qanday jonzot yoki insoning tilini o’rganishi uchun uni eshitishi kifoyadir. Superqobiliyatning asosida o’z ildizlari va til bo’yicha ko’p mashq qilgani yotadi.

Post Author: admin

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *