Site Loader

POKIZA
Pokiza 7 yoshda. Pokizani uyalchang desak biroz mubolag’a qilgan bo’lamiz chunki u xayotga teran ko’z bilan qaraydigan hushchaqchaq qiz. Tashqi ko’rinishini izoxlaganimizda albatta uning nav nihol, bellarini quchib olgan, dengiz misol to’lqinlanib turuvchi to’q jigar rang sochlari haqida gapirmasak bo’lmaydi. Sochini ko’rkamligini mitti do’ppi bilan bezaydi. Zamona bilan xamnafas, milliy uslubda kiyinishni yoqtiradi. Mening tasavvurimdagi Pokiza havo va pushti ranglarni o’zida jo qilgan ADRAS matosidan tikilgan libosda. U sodda ,kirishuvshan, tarbiyali, mexribon, maqsadi sari olg’a intiluvchan, orzu qilishni yaxshi ko’radigan, o’z fikriga ega qiz. Ba’zan shu xolatlardan kelib shiqib injiq ham. U ota-onasini nihoyatda yaxshi ko’radi. Pokiza 3 yoshidan beri dunyoning eng zo’r dizayneri bo’lishni orzu qiladi. Pokizani maqsadi: milliy liboslarimiz dunyoni zabt etishini va O’zbekiston mo’da olamida birinchi qatorlardan joy egallashga o’z xissasini qo’shishdir. Pokiza ismli qiz timsolini yaratishimdan maqsad milliy an’analarimizni, madaniyatimizni targ’ib qilish orqali o’zbek xalqining xayotini millatimizga hos xususiyatlarini, oilaning qadr-qimmatini, yosh avlodga singdirilishi lozim, chunki kichik yoshdagi bolalar xali nihol. Ular qanday tarbiya olishsa kelajakda, jamiyatda shunday yashashadi. O’zbek xalqi o’zining boy an’analari, qadriyatlari va tarbiya maktabi bilan doimo alohida e’tirofga va xurmatga sazovordir. Pokiza kichik yoshdagi bolalarga juda ham namunali qiz bo’ladi deb o’ylayman.

Post Author: admin

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *